«ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi» tegli maqolalar


Surxondaryoda 51 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib ketildi
11 dekabr 2022, 13:23

Surxondaryoda 51 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib ketildi

Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida 51 tup daraxt noqonuniy kesib ketildi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 560 mln so‘m zarar etkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Tasqara qushini o‘ldirgan ovchilar qidirilmoqda
11 noyabr 2022, 20:44

Tasqara qushini o‘ldirgan ovchilar qidirilmoqda

Internetda ikki erkakning Qizil kitobga kiritilgan tasqara qushi bilan tushgan surati paydo bo‘ldi. Ekologiya davlat qo‘mitasi va Bosh prokuratura tomonidan ovchilarga qidiruv e’lon qilindi.

O‘zbekistonda atmosfera havosiga eng ko‘p avtomobillar zarar yetkazadi, bunda poytaxt yetakchi — Ekoqo‘mita
29 oktabr 2022, 11:53

O‘zbekistonda atmosfera havosiga eng ko‘p avtomobillar zarar yetkazadi, bunda poytaxt yetakchi — Ekoqo‘mita

O‘zbekistonda atmosferaga jami zararli tashlamalarning 58 foizi (1,4 mln tonna) avtotransportlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bunda Toshkent shahri yetakchi — 93% (397 ming tonna). Ekoqo‘mita transportlarning ekologik ta’sir me’yorlarini belgilash maqsadida milliy standart loyihasini ishlab chiqmoqda.

Toshkent viloyatida daryolar to‘qimachilik korxonalari chiqindilari bilan bo‘yalmoqda
24 avgust 2022, 20:04

Toshkent viloyatida daryolar to‘qimachilik korxonalari chiqindilari bilan bo‘yalmoqda

Ekologiya qo‘mitasi Toshkent viloyatidagi suv havzalari ikki marta bo‘yalganini ma’lum qildi. Tozalash inshootlari eskirgani tufayli suvni to‘liq tozalay olmayapti, ifloslanishga esa to‘qimachilik korxonalari sababchi bo‘lishi mumkin. Biznes ombudsmanga ular faoliyatini tekshirish bo‘yicha ariza topshirilgan.

Qarshi Leather bir necha bor qonunbuzarliklari uchun ogohlantirilgan — Qashqadaryo Ekologiya boshqarmasi
16 avgust 2022, 23:30

Qarshi Leather bir necha bor qonunbuzarliklari uchun ogohlantirilgan — Qashqadaryo Ekologiya boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Qarshi Leather zavodi ekologiyani ifloslantirgani uchun bir necha bor ogohlantirilgani, mart oyida faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qildi. Avvalroq atrofga badbo‘y hid taratayotgan ushbu zavod oldida fuqaro o‘zini yoqib yuborgan edi.

Endi Yakkasaroy tumanida daraxt ildizlariga shikast yetkazildi
11 avgust 2022, 19:19

Endi Yakkasaroy tumanida daraxt ildizlariga shikast yetkazildi

Chilonzorda yuzlab daraxtlar ildiziga zarar yetkazilishi bilan bog‘liq mojaro tinchimay turib, Yakkasaroyda shunday holat takrorlandi. Bu safar tanlovda ishtirok etish uchun uy fasadini «xayriya asosida» ta’mirlayotgan kompaniya tomonidan amalga oshirildi. Voqea joyida bloger Nikita Makarenkoga tahdid qilindi.

Chilonzorda yo‘lni kengaytirish jarayonida 101 tup daraxt shikastlangan — Davlat ekologiya qo‘mitasi
7 avgust 2022, 18:33

Chilonzorda yo‘lni kengaytirish jarayonida 101 tup daraxt shikastlangan — Davlat ekologiya qo‘mitasi

Ekologiya davlat qo‘mitasi mutaxassislari Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida 101 tup daraxtga shikast yetkazilgani, shundan 9 tup eman daraxti jiddiy zarar ko‘rganini aniqladi. Shuningdek, yo‘lni rekonstruksiya qilish bo‘yicha davlat ekoyekspertizasi xulosasi ham olinmagan.

Foto: «Sudoche-Akpetki» qo‘riqxonasi — saqoqqush va flamingolar yashaydigan go‘zal va zaif ko‘llar
26 may 2022, 16:47

Foto: «Sudoche-Akpetki» qo‘riqxonasi — saqoqqush va flamingolar yashaydigan go‘zal va zaif ko‘llar

«Sudoche-Akpetki» davlat qo‘riqxonasining ko‘llari chiroyli hududlar bo‘lib, u yerda suv qushlarining noyob va himoyaga muhtoj turlari — saqoqqushlar, flamingolar, qoraquloqlar va boshqalar yashaydi. Qo‘riqxona ishchilari tomonidan olingan fotosuratlar to‘plami.

Dehqonobodda aniqlangan ona ayiq va uning ikki bolasi tirik ekani ma’lum qilindi
28 aprel 2022, 18:06

Dehqonobodda aniqlangan ona ayiq va uning ikki bolasi tirik ekani ma’lum qilindi

Ekologiya qo‘mitasi Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida aniqlangan ona ayiq va uning ikki bolasi tirik ekanini ma’lum qildi. Ular tasviri «Terakli» MFY hududida olingan bo‘lsa, o‘lik ayiq bolasi Qizilsoy o‘rmonidan topilgan.

Foto: Hisor qo‘riqxonasida bahor
28 aprel 2022, 15:45

Foto: Hisor qo‘riqxonasida bahor

Davlat ekologiya qo‘mitasi noyob jonivorlar yashaydigan Hisor davlat qo‘riqxonasining bahoriy tabiatidan tasvirlarni e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting